Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
O'zbekiston temir yo'llarida yo'lovchilar tashish so'nggi 25 yil ichida kamaydi

O'zbekiston temir yo'llarida yo'lovchilar tashish so'nggi 25 yil ichida kamaydi

O'zbekiston temir yo'llarida yo'lovchilar tashish so'nggi 25 yil ichida kamaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025 yil yakunlariga ko‘ra temir yo‘l transporti orqali 10,5 million nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda 19 mart kuni Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2000 yilda yo‘lovchilar soni 14,6 million nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich qariyb 4,1 millionga kamaygan.

So‘nggi 25 yil davomida dinamika bir tekis bo‘lmagan. 2005 yilda yo‘lovchilar soni 15,1 million nafarga yetgan, 2010 yilda esa 14,5 millionni tashkil qilgan. 2015 yilda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilib, 20,1 million nafar yo‘lovchi tashilgan.

Keyingi yillarda keskin pasayish kuzatildi: 2020 yilda tashish hajmi 6,2 million nafarga tushib ketdi.

Shundan so‘ng bosqichma-bosqich tiklanish boshlandi: 2021 yilda 7,9 million, 2022 yilda 9 million, 2023 yilda 9,6 million va 2024 yilda 9,8 million nafar yo‘lovchi tashildi.

2025 yilda ko‘rsatkich o‘sishni davom ettirib, 10,5 million nafarga yetdi, biroq u hanuz 2000-yillar boshidagi darajadan pastligicha qolmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling