Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 “O’zbekiston temir yo’llari” AJ va «China State Railway Group Co., Ltd» korporatsiyasi o’rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ va «China State Railway Group Co., Ltd» korporatsiyasi o’rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisi Z.G’. Narzullayevning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida 2025-yil 8-may kuni Pekin shahrida «China State Railway Group Co., Ltd» korporatsiyasi raisi Go Jiusue bilan ikki tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda tomonlar o’rtasida temir yo’l orqaliyuk tashishning hozirgi holati va uni yanada oshirish,"Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston" qurilishi, Temir yo'l koridorlarini rivojlantirish va boshqa masalalar bo’yicha ikki va ko’p tomonlama hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida ikki davlat o’rtasidagi yuk tashish hajmi barqaror o‘sayotganligi alohida qayd etilib, uni yanada yuksaltirish maqsadida amaldagi «Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya va Yevropa», «Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston» yo‘laklarini hamda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron orqali Yevropa» va «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston – Hind okeani portlari» yo‘nalishida multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish bo’yicha kelishib oldilar.

Natijada, tomonlar o’rtasida mavjud transport koridorlardan samarali foydalanish hamda multimodal tashuvlarni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish borasidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etgan holda O’zbekiston tomoni ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida faol ishtirok etishga va ayrim texnik bosqichlar bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar temir yo‘l sohasi bo‘yicha o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida hamkorlikni davom ettirish borasida kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling