Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
O‘zbekiston temir yo‘llari 2025 yilda 10,9 mln. yo‘lovchi va 106,4 mln. tonna yuk tashidi

O‘zbekiston temir yo‘llari 2025 yilda 10,9 mln. yo‘lovchi va 106,4 mln. tonna yuk tashidi

O‘zbekiston temir yo‘llari 2025 yilda 10,9 mln. yo‘lovchi va 106,4 mln. tonna yuk tashidi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda O‘zbekiston temir yo‘l transporti barqaror o‘sishni namoyon etdi va ham yo‘lovchi, ham yuk tashishda o‘zining asosiy ahamiyatiga ega ekanini tasdiqladi.

Yil davomida temir yo‘l xizmatlaridan 10,9 million yo‘lovchi foydalangan, umumiy tashilgan yuk hajmi esa 106,4 million tonnani tashkil qildi. Tranzit yuk tashish ham o‘sishni ko‘rsatdi va 12 million tonnadan oshdi.

Infratuzilmani modernizatsiya qilish doirasida Buxoro – Urganch – Xiva yo‘nalishi to‘liq elektrlashtirildi. Natijada elektrlashtirilgan temir yo‘llar ulushi 51 foizga yetkazildi.

Baytqo‘rg‘on – Parkent va Samarqand – Urgut yo‘nalishlarida qurilish ishlari yakunlandi. Miskin – Nukus yo‘nalishlida esa qurilish va elektrlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.

2026 yilda mazkur loyihalarni kengaytirish rejalashtirilgan: «Jaloliddin Manguberdi» yuqori tezlikdagi elektr poyezdini ishga tushirish, yangi 110 kilometr temir yo‘l liniyalari qurilishi va harkatlanuvchi tarkibni yangilash rejalashtirilgan bo‘lib, bu tashish samaradorligini oshirish va mamlakat transport infratuzilmasini mustahkamlash imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling