Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va EKO hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish hamda IHT doirasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining IHT sammitlarida ilgari surgan tashabbuslarini izchil ilgari surish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035”ni qabul qilish, Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash hamda IHT Raqamli transport va bojxona idorasini ta’sis etish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling