O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rimda Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaga tashrifi doirasida Rimda Iordaniya qiroli Abdulla II bin Al-Husayn bilan uchrashdi.
TIV rahbari o‘zining Telegram’dagi kanalida uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tganini ma’lum qildi.
Saidov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniya Qiroliga samimiy salomini yetkazar ekan, ikki davlat siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
“Tashqi ishlar vazirliklari umumiy qadriyatlar va sheriklik ruhidan kelib chiqqan holda, tashqi ishlar vazirliklari ushbu dinamik munosabatlarni yanada boyitish, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochish uchun qat’iyat va o‘zaro ishonch bilan ishlashda davom etadi”, — dedi Saidov.