Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri OHIChK yig‘ilishida ishtirok etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar dolzarb mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashdilar hamda Osiyoda ishonch choralarini yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston OHIChKning maqsad va tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi hamda mintaqa davlatlari o‘rtasida muloqot, hamkorlik va o‘zaro ishonchni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni bundan keyin ham faol qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.