O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri “Markaziy Osiyo – Hindiston” to‘rtinchi muloqotiga qatnashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Bahtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Hindiston” formatidagi to‘rtinchi vazirlar muloqotida ishtirok etdi.
«Hamkasblarimiz bilan birgalikda “Markaziy Osiyo – Hindiston” vazirlar muloqotining to‘rtinchi uchrashuvini o‘tkazdik. Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblariga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman», — deya taʼkidladi vazir o‘zining Telegram-kanalidagi xabarda.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar mintaqaviy va ikki tomonlama kun tartibidagi asosiy masalalarni muhokama qildilar: transport-logistika va savdo aloqalarini mustahkamlash, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga ko‘maklashish, texnologik sheriklikni kengaytirish, barqaror rivojlanish kun tartibini ilgari surish.
«Muzokaralarda muhim kelishuvlarga erishildi, yangi tashabbuslar bildirildi, oldimizda o‘zaro saʼy-harakatlarni talab etuvchi ko‘plab vazifalar turibdi. Ishonamanki, ushbu muloqot formati mintaqamiz bilan Hindiston o‘rtasidagi mavjud aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishdi.