O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Falastin elchisini faoliyati yakunlangani munosabati bilan qabul qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi Falastin Davlati elchisi Javad Muhammad Avadni uning diplomatik faoliyati yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Vazir elchining O‘zbekiston va Falastin xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun chin dildan minnatdorlik izhor etdi.
Baxtiyor Saidov taʼkidlaganidek, O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini izchil qo‘llab-quvvatlaydi.
Vazir janob elchiga kelgusi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tiladi.