Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Bahrayn va Qatarga tashrif buyuradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bahrayn Podshohligi va Qatar Davlatiga rasmiy tashrif bilan boradi.
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, tashrif 2025-yilning 19-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tashrif dasturi doirasida ushbu mamlakatlar hukumat vakillari, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.