O‘zbekiston tadbirkorlari Vitebsk viloyatida chorvachilik salohiyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston tadbirkorlari Vitebsk viloyatida chorvachilik salohiyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston tadbirkorlari Vitebsk viloyatida chorvachilik salohiyatini o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda O‘zbekiston tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatida bo‘lib, hududdagi chorvachilik sohasidagi imkoniyatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya Ushachsk, Miori, Braslav va Shumilinskiy tumanlarida joylashgan 10 ga yaqin zamonaviy chorvachilik majmualari faoliyati bilan tanishdi. Joylarda ishlab chiqarish jarayonlari, infratuzilma va investitsiya imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorlarga tuman ijroiya qo‘mitalari rahbarlari hamrohlik qilib, qiziqtirgan masalalar bo‘yicha tezkor tushuntirishlar va amaliy takliflar bermoqda.

Tashrif yakunida delegatsiya aʼzolari tomonidan sarmoya kiritish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun eng maqbul deb topilgan majmualar tanlab olinadi. Shundan so‘ng Vitebsk viloyati ijroiya qo‘mitasi bilan birgalikda aniq investitsiya va hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling