Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
O‘zbekiston tadbirkorlari Belarusda chorvachilik loyihalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston tadbirkorlari Belarusda chorvachilik loyihalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston tadbirkorlari Belarusda chorvachilik loyihalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzakov rahbarligida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Qashqadaryo viloyatida chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan va Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Vitebsk viloyatining Ushachsk, Gluboksk va Sharkovщinsk tumanlarida joylashgan, 9 ming gektargacha yer maydoniga ega xo‘jaliklarni 90 foizgacha chegirma bilan auksion orqali xarid qilish imkoniyati bo‘yicha xorijiy tomon bilan kelishuvga erishilgan.

Uchrashuv davomida Davron Vaxabov mazkur loyihaning ahamiyatiga to‘xtalib, u O‘zbekiston uchun go‘sht va tirik chorva mahsulotlari importini diversifikatsiya qilish, shuningdek yangi manbalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutishini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirkorlarga mazkur yer maydonlarida chorva uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish hamda boqiladigan chorva junini o‘zbek to‘qimachilik korxonalariga yetkazib berish orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirish taklif etildi. Ushbu tashabbus ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqot yakunlariga ko‘ra, o‘zbek tadbirkorlaridan iborat delegatsiya kelasi hafta boshida Vitebsk viloyatiga tashrif buyurib, taklif etilayotgan xo‘jaliklarni joyiga chiqib o‘rganish va baholashga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling