Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
O‘zbekiston tadbirkorlari “Anuga-2025” xalqaro ko‘rgazmasida

O‘zbekiston tadbirkorlari “Anuga-2025” xalqaro ko‘rgazmasida

O‘zbekiston tadbirkorlari “Anuga-2025” xalqaro ko‘rgazmasida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 4–8 oktyabr kunlari Germaniyaning Kyoln shahrida dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlari ko‘rgazmasi — “Anuga-2025” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ko‘magida hozirda O‘zbekistondan 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchi kompaniyalar “Made in Uzbekistan” milliy brendi ostida ishtirok etmoqda.

“Anuga” ko‘rgazmasi har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi hamda jahon oziq-ovqat sanoati uchun eng nufuzli xalqaro maydon hisoblanadi. Bu yilgi ko‘rgazmada 110 dan ortiq davlatdan 8 000 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 290 ming kv.m. tashkil etadi, mehmonlar soni esa 200 ga yaqin mamlakatdan 140 ming nafardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbek delegatsiyasi tarkibiga oziq-ovqat sanoati, qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish hamda upakovka sohasida faoliyat yuritayotgan qator yetakchi kompaniyalar kirgan.

Ko‘rgazma doirasida ular o‘z mahsulotlarini xalqaro miqyosda namoyish etib, Germaniya va boshqa mamlakatlar ishbilarmon doiralari bilan yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqdalar.

Ushbu ishtirok orqali milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish hamda O‘zbekiston brendini xalqaro bozorlarda yana-da keng targ‘ib etishni maqsad qilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling