O'zbekiston tadbirkor ayollarining istiqbolli loyihalari Guanchjouda taqdimot qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida O'zbekiston Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Iqtisodiy hamkorlik uyushmasi rahbariyati va mamlakatimiz tadbirkor ayollaridan iborat delegatsiyaning Guanchjou shahriga safari uyushtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Safar davomida Guanchjou shahar Xalqaro savdoni rag'batlantirish qo'mitasi, "Guangdong General Chamber of Commerce" va "Guangzhou Modern Industry Association" uyushmalari bilan hamkorlikda mahalliy kompaniyalar va iqtisodiy tashkilotlar vakillari ishtirokida biznes-forumlar tashkil etildi.
O'tkazilgan tadbirlar yakunida Xitoy tomoni bilan hamkorlikda o'zaro almashinuvlarni faollashtirish, jumladan, biznes-missiyalar tashkil etish, istiqbolli investitsiyaviy va savdo kelishuvlarini ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.
Guanchjou shahrida o'tayotgan "Canton Fair" ko'rgazma ishtirokchilari, xususan "Overseas Prominent Brand" kompaniyasi rahbariyati bilan kechgan muzokaralarda O'zbekiston mahsulotlarini Xitoyga eksportini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.