Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
O‘zbekiston taʼlim tizimida kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi

O‘zbekiston taʼlim tizimida kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi

O‘zbekiston taʼlim tizimida kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston taʼlim tizimida qator muhim rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayinlandi.

Sardor Radjabov oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bu lavozimgacha maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim vaziri o‘rinbosari vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Baxtiyor Yo‘ldashev Prezident administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi rahbari etib tayinlandi. U bugunga qadar «Yangi O‘zbekiston» universiteti prorektori sifatida faoliyat yuritgan.

Azizbek Turdiyev maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U avvalroq shu sohada vazir maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling