O'zbekiston Sumitomo va ACWA Power bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

O'zbekiston Sumitomo va ACWA Power bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

O'zbekiston Sumitomo va ACWA Power bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiyaning “Sumitomo Corporation” korporatsiyasi rahbari Xadjime Mori hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Abid Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1919-yilda tashkil etilgan Yaponiya korporatsiyasining aktivlari 73 milliard dollarni, ishchilar soni esa 5,1 ming kishini tashkil etadi. “ACWA Power” kompaniyasi 2004-yildan buyon faoliyat yuritib, 18,7 milliard dollarlik aktivlarga va 4 ming nafar xodimga ega. Tomonlar umumiy quvvati 3,5 GVt, qiymati esa 4,2 milliard dollarga teng bo‘lgan beshta yirik loyihani birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladilar.

Muloqot davomida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi tahlil qilindi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini barpo etishda yuksak natijalar berayotgani alohida qayd etildi. Qurilish ishlarini jadallashtirish va quvvatlarni ishga tushirish muddatlarini optimallashtirish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqildi.

Xorijiy investorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va har bir bosqichda ularga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorlik bildirildi. Chet el kompaniyalari vakillari, o‘z navbatida, vazirlik tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy amaliy yordam ish samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganini yuqori baholadilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling