O‘zbekiston sportchilari Bahrayndagi musobaqada medallar sonini oshirishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni davom ettirmoqda va yangi medallar bilan o‘z jamg‘armasini boyitmoqda.
Aralash jang sanʼati bo‘yicha terma jamoamiz vakillari delegatsiyamiz hisobiga yana ikki medal taqdim etishdi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Kamronbek Qodirov (-65 kg) hamda Abdulboriy Abdug‘ofurov (-70 kg) bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Yurtdoshlarimiz xazinasiga yana bir medalniyengil atletikachi Shodiyona Rahmonova III Osiyo yoshlar o‘yinlarida 2-medalini qo‘lga kiritdi. 400 metr masofaga to‘siqlar orqali yugurish bahslarida u uchinchi natijani qayd etib, yana bir bor sovrinli pog‘onaga ko‘tarildi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, u avvalroq 100 metr masofaga to‘siqli yugurishda ham bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
O‘tgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 22 ta medal — 9 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.