O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Yandex‘ga oid “ yashirin soliq imtiyozi” haqidagi maʼlumotlarga izoh berdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda Yandex kompaniyasiga “ yashirin soliq imtiyozi” ajratilgani haqida tarqalgan xabarlarga javoban O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi holatga oydinlik kiritdi va soliq tizimining ochiqligi hamda shaffofligini taʼkidladi.
Qo‘mita rasmiy bayonotida aytilishicha, hozirgi raqamlashtirish sharoitida fuqarolar va tashkilotlar o‘z soliq majburiyatlari haqidagi maʼlumotlarni shaxsiy kabinetlar va elektron maʼlumotlar bazasi orqali real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatiga ega. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida soliq tushumlari o‘sish dinamikasi qo‘mita rasmiy resurslarida infografika shaklida eʼlon qilinib boradi.
Soliq qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida xizmat ko‘rsatish sohasida soliq to‘lovi bo‘yicha top-20 yirik korxona reytingi taqdim etilgan bo‘lib, unda ЯндехГо УБ kompaniyasi ham joy olgan. Xususan, kompaniyaning ushbu davrdagi daromadi 2024 yilning shu davriga nisbatan 45,5 foizga oshgan.
Маҳаллий бозорда “M Market” marketpleysini ishga tushirish kompaniya xarajatlarining ko‘payishiga olib kelgan va ular kompaniya daromadining 51,1 foizini tashkil etgan. Qo‘mita baholashicha, isteʼmol bozorida yangi loyihalarni ishga joriy etishda bunday xarajatlar odatiy holdir.
Natijada, kompaniyaning umumiy soliq to‘lovlari 2024 yilning yanvar–sentyabr oylariga nisbatan 14,3 mlrd so‘mga kamaygan, jumladan foyda solig‘i 24,1 mlrd so‘mga qisqargan.
Soliq qo‘mitasi soliq masalalari bo‘yicha aniq va tezkor maʼlumot taqdim etish maqsadida OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan doimiy hamkorlikka shay ekanligini tasdiqladi.