Valyuta kurslari 29/09/2025
$1 – 12138.67
UZS – -0,5%
€1 – 14176.75
UZS – -1,06%
₽1 – 145.36
UZS – -0,5%
Qidirish
O‘zbekiston Singapurga ilk bor Torpedo qovunlarini eksport qildi

O‘zbekiston Singapurga ilk bor Torpedo qovunlarini eksport qildi

O‘zbekiston Singapurga ilk bor Torpedo qovunlarini eksport qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Fergana Exim Agro" kompaniyasi O'zbekistonda yetishtirilgan "torpeda" navli qovunlarni ilk marotaba Singapurga ekspert qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Singapur turli xil meva va sabzavotlar, jumladan poliz ekinlarining yirik ishlab chiqaruvchilari bo'lgan davlatlar bilan chegaradosh. Shunday bo'lsa-da, shirin o'zbek qovunlari ushbu mamlakatda ham xaridorgir ekanligini isbotladi.

Singapur kabi yuqori standartlar va sifat talablarga ega bozorga kirish milliy mahsulotlarimiz uchun haqiqiy yutuq sanaladi. Shuningdek, bu qadam "Made in Uzbekistan" brendi nufuzini yanada mustahkamlaydi.

Bu esa kelgusida yangi shartnomalar tuzish, yetkazib berish hajmlarini oshirish, bozor ulushini kengaytirish hamda boshqa turdagi meva-sabzavotlarimizni ham Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga olib chiqish imkoniyatini yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling