Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Turizm 17/06/2025 O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Gonkongdagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etildi

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Gonkongdagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari 12-15 iyun kunlari Gonkong ko‘rgazmalar markazida (HKCEC) o‘tkazilgan Osiyoning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi - ITE Hong Kong 2025 (International Travel Expo)da taqdim etildi.

Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan milliy stend ko‘rgazmadagi eng yorqin va esda qolarli pavilyonlardan biriga aylandi. Unda mamlakatimizning boy madaniy merosi, an’anaviy xalq hunarmandchiligi, shuningdek, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatining rang-barangligi va betakrorligini aks ettiruvchi zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlari namoyish qilindi.

Ko‘rgazmaga Osiyo va dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan sayyohlik agentliklari, aviakompaniyalar, investorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurdi. O‘zbekiston stendi o‘zining mazmunli taqdimoti, milliy musiqasi, shuningdek, sharqona mehmondo‘stlik ruhini aks ettiruvchi jonli muhiti bilan keng qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro hamkorlar bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, Gonkong madaniyat va turizm qo‘mitasi raisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda sayyohlik almashinuvini kengaytirish istiqbollari muhokama etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling