Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Iqtisod 11/07/2025 O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va JETRO biznesni qo‘llab-quvvatlash va yangi raqamli xizmatlarni muhokama qildi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va JETRO biznesni qo‘llab-quvvatlash va yangi raqamli xizmatlarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Mazkur tashrif Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

JETRO (Japan External Trade Organization) — Yaponiya hukumatiga tegishli tashkilot bo‘lib, Yaponiya va boshqa davlatlar o‘rtasida savdo va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga yordam beradi. U biznes hamkorlik, investitsiya, eksport-import va bozor tahlillari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Toshkentdagi ofis orqali O‘zbekistondagi tadbirkorlar Yaponiya bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniga ega.

Uchrashuvda JETRO tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan xizmatlar va yangi elektron platforma “ye-Venue” haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda Savdo-sanoat palatasi va hududiy biznes-inkubatorlarining roli muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va JETRO o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi asosida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi hamda qo‘shma tashabbuslarni yana-da faollashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, 2025 yil sentyabr oyida Farg‘ona vodiysida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “START-UP tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Mintaqaviy hamkorlik” xalqaro konferensiyasi doirasida Yaponiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tadbirkorlari ishtirokida taqdimot va B2B uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling