Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Afg‘oniston tadbirkorlari bilan savdo aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi (ACCI) raisi o‘rinbosari Ariyan Azimiy boshchiligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Afg‘oniston ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat biznes vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, savdo jarayonlarini faollashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Davron Vaxabov o‘z navbatida ishonchli va barqaror hamkorlikni taʼminlash, savdo intizomini kuchaytirish hamda kelishilgan shartnomalarning o‘z vaqtida bajarilishi muhimligini taʼkidladi.

Savdo-sanoat palatasi Sizlarni hamkorlikdagi kelishuvlarga qatʼiy rioya etish va shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga chaqirdi. Bu nafaqat o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, balki O‘zbekistonning xalqaro savdo maydonidagi nufuzini ham oshiradi.

Shu bilan birga, eksport faoliyatida o‘zini masʼuliyatli, ishonchli va namunaviy hamkor sifatida namoyon etgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida namunali eksportyorlar ro‘yxatini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling