O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” Ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” Ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishida ishtirok etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3 dekabr kuni Koreya–Markaziy Osiyo hamkorlik forumi kotibiyati va Koreya Xalqaro savdo assotsiatsiyasi (KITA) hamkorligida “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” Ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi — raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt davrida hamkorlikni kuchaytirish.
O‘zbekiston nomidan tadbirda Palata raisi maslahatchisi Alisher Shayxov ochilish qismida qutlov so‘zi bilan ishtirok etib, Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida raqamli iqtisod, innovatsiyalar, sunʼiy intellekt texnologiyalari va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Birinchi sessiyada Alisher Shayxov raqamli transformatsiya, elektron tijorat, biznes jarayonlarni raqamlashtirish, aqlli infratuzilma va sanoatda raqamli yechimlar bo‘yicha O‘zbekiston–Koreya o‘rtasidagi istiqbolli tashabbuslar haqida taqdimot qildi.
Shuningdek, ishbilarmonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, qo‘shma seminarlar, forumlar va startaplar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish taklif etildi.
Yig‘ilish Koreya va Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tadbirkorlari uchun yangi sherikliklarni yo‘lga qo‘yish, innovatsion loyihalar hamda raqamli iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma dasturlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Taraflar sunʼiy intellekt va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyorligini bildirdi.