O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Janubiy Koreyaning NGeneBio kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Janubiy Koreyaning NGeneBio kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Janubiy Koreyaning NGeneBio kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Janubiy Koreyaning NGeneBio kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi.

Safar doirasida delegatsiya NGeneBio kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

NGeneBio – biotexnologiya sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli kompaniya bo‘lib, molekulyar diagnostika (MDx), companion diagnostics (CDx), Next-Generation Sequencing (NGS) panellari hamda bioinformatika dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra kompaniya xizmat va mahsulotlarini O‘zbekistonda joriy qilish, mahalliy tibbiyot korxonalarini NGeneBio bilan hamkorlikka jalb etish, kompaniyaning O‘zbekistonda filialini ochish va maxsus vakil tayinlash masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, kompaniya vakillari joriy yil noyabr oyida Toshkent shahriga tashrif buyurish niyatini bildirib, mazkur safar doirasida xususiy klinikalar, tibbiyot taʼlim muassasalari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling