Valyuta kurslari 22/05/2025
$1 – 12937.93
UZS – 0,35%
€1 – 14665.14
UZS – 1,05%
₽1 – 161.10
UZS – 0,47%
Qidirish
Iqtisod 22/05/2025 O‘zbekiston Sanoat vazirligi va China National Uranium Corporation tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Sanoat vazirligi va China National Uranium Corporation tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Vazir o‘rinbosari U. Yusupov boshchiligida China National Uranium Corporation Limited (CNUC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda geologiya va tog‘-kon yo‘nalishida hamkorlikda geologiya tadqiqot ishlarini olib borish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, CNUC kompaniyasi vakillari o‘z tajribalari va xalqaro loyihalardagi yutuqlari haqida maʼlumot berib o‘tishdi. Geologiya sohasidagi imkoniyatlar, qo‘shma tadqiqot ishlarini olib borish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling