Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
O‘zbekiston sakkiz oyda 11,6 million dollarlik olma eksport qildi

O‘zbekiston sakkiz oyda 11,6 million dollarlik olma eksport qildi

O‘zbekiston sakkiz oyda 11,6 million dollarlik olma eksport qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy mamlakatga umumiy qiymati 11,6 million dollar bo‘lgan 22,6 ming tonna olma eksport qilgan.

Asosiy eksport yo‘nalishlari Rossiya — 10 721 tonna, Qozog‘iston — 10 098 tonna, Qirg‘iz Respublikasi — 1 275 tonna, Turkmaniston — 167,4 tonna va Iroq — 164,3 tonnani tashkil etdi. Boshqa davlatlar ulushiga 192,2 tonna eksport qilingan olmalar to‘g‘ri kelgan.

Maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek mevalariga tashqi bozorlarda barqaror talab saqlanib qolmoqda va eksport geografiyasi kengayib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling