Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
O‘zbekiston 19/08/2025 O‘zbekiston Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan vatandoshlarni vatanga qaytarishni tashkil etadi

O‘zbekiston Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan vatandoshlarni vatanga qaytarishni tashkil etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og'ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq O'zbekiston fuqarolari yurtimizga olib kelinadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur insonparvarlik ko'magi O'zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida amalga oshirilyapti.

Aksiyasi doirasida Sankt-Peterburg shahrida og'ir hayotiy vaziyatda bo'lgan 100 dan ortiq O'zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi. Ular 18-avgust kuni O'zbekistonga kuzatib qo'yiladi.

Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshimizga, shu jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'lgan va og'ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko'rsatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling