Valyuta kurslari 04/09/2025
$1 – 12374.55
UZS – -0,39%
€1 – 14425.01
UZS – -0,23%
₽1 – 153.13
UZS – -0,76%
Qidirish
O‘zbekiston Rossari Biotech Limited kompaniyasi bilan hamkorlikda import qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Rossari Biotech Limited kompaniyasi bilan hamkorlikda import qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Rossari Biotech Limited kompaniyasi bilan hamkorlikda import qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ va Hindistonning kimyo sohasida yetakchi hisoblangan “Rossari Biotech Limited” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda asosiy e’tibor metildietanolamin (MDEA) kimyoviy reagentini O‘zbekistonda mahalliylashtirish va ishlab chiqarish masalalariga qaratildi.

Ma’lumki, MDEA asosan tabiiy va sanoat gazlaridan nordon gazlarni (CO₂, H₂S) ajratib olishda qo‘llaniladi. Hozirda ushbu mahsulot mamlakatimizga faqat import yo‘li bilan keltiriladi. “Rossari Biotech Limited” ushbu mahsulotni mahalliy xomashyo bazasida ishlab chiqarish, zamonaviy quvvatlarni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va ichki bozor ehtiyojini to‘liq qondirish bilan birga, mahsulotni xorijiy bozorlarga eksport qilish tashabbusini bildirdi.

Muloqot davomida investorlarga O‘zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalar, ularning infratuzilmaviy imkoniyatlari, soliq va bojxona imtiyozlari hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar taklif va imkoniyatlarni tahlil qilish, ular asosida qo‘shimcha choralar ko‘rish hamda hamkorlik uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish yuzasidan kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling