Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri vafot etdi
 

O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri vafot etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Axmedov Rustam Urmanovich 82 yoshida vafot etdi.

Rustam Urmonovich o‘zining 40 yildan oshiq umrini Qurolli Kuchlarga fidoyilik bilan bag‘ishlab, mustaqil O‘zbekiston milliy armiyasi tiklanishining dastlabki yillarida mamlakat uchun, uning xavfsizligini taʼminlash va xalqimizni osoyishtaligini himoya qilish uchun g‘oyat ko‘p ishlarni amalga oshirgan insonlardan biri.

1991 yildan 1992 yilgacha bir vaqtning o‘zida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari bo‘yicha vaziri – O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni lavozimida, 1992-1997 yillarda Mudofaa vaziri, 1997-1998 yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

1998 yilda nafaqaga chiqib, bugungi kungacha yoshlarga ofitser sharafi va insoniy kamtarlik namunasi bo‘lib keldi.

1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i va 1995 yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan. O‘zbekiston Respublikasi milliy armiyasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2018 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling