Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oppenheimer Holdings" kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oppenheimer Holdings” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Loventalni qabul qildi.
“Oppenheimer” - Amerikaning mustaqil investitsiya banki bo‘lib, dunyo miqyosida investitsiya va bank xizmatlari, moliyaviy maslahat, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadi.
Xoldingning O‘zbekistonda xususiy biznes loyihalarini rivojlantirish va yevrobondlar chiqarishga qo‘shayotgan hissasi qayd etildi. Xususiy sektorni moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
#Shavkat Mirziyoyev