Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 12-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq  Malikaxon Kalandarova sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, shundan besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi etib saylandi.

Shuningdek, Abrorxon Akramov, Djaxangir Djurayev, Nosir Zaynabidinov, Mansurbek Kurbanov, Jamoladdin Kuryazov, Uktam Mamadiyev, Shuhrat Mullajanov, Umida Nishonova va Odiljon Turdiyev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

 Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O.Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimidan, T.Mirzayev, M. Eshimbetov, B. Ergashev, shuningdek, o‘z arizasiga binoan A.Bekmanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling