O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi GLOBAL INSURANCE GROUP litsenziyasini 10 kunga to‘xtatdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2025 yil 8 oktyabrdan boshlab GLOBAL INSURANCE GROUP aksiyadorlik sug‘urta jamiyatining litsenziyasi amaldagi kuchini 10 kun muddatga to‘xtatdi.
Qaror kompaniyaning hisobotini tekshirish natijalari asosida qabul qilindi. Tekshiruv jarayonida amaldagi qonunchilikda belgilangan normativ talablarni buzish holatlari aniqlangan. Shuningdek, sug‘urta tashkilotiga 35 million so‘m miqdorida jarima ham qo‘llanildi.
Litsenziya amal qilishi to‘xtatilgan davrda kompaniyaga yangi sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalarini tuzish, shuningdek, avval tuzilgan bitimlarni uzaytirish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, GLOBAL INSURANCE GROUP amaldagi shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni davom ettirishi shart.
Milliy agentlik sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchi fuqarolarni aniqlangan qonunbuzilishlar bartaraf etilguniga qadar kompaniya bilan yangi shartnoma tuzishdan tiyilishga chaqirdi.