Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:

favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada mavjud kuch va vositalarning doimiy shayligini taʼminlash;

respublikada fuqaro muhofazasining tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y bergani haqida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkil etish;

yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, bu bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Vazirlik shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan namuna-etalonlariga muvofiq harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega bo‘ladi.

Vazirlik harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilari bepul harbiy va maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling