Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
O'zbekiston Respublika fond birjasi Abu Dhabi Commercial Bank bilan hamkorlikni muhokama qildi

O'zbekiston Respublika fond birjasi Abu Dhabi Commercial Bank bilan hamkorlikni muhokama qildi

O'zbekiston Respublika fond birjasi Abu Dhabi Commercial Bank bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Toshkent" Respublika fond birjasi rahbariyati Abu Dhabi Commercial Bank (ADCB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi kapital bozori, jumladan fond bozorining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar investitsiya muhitini takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish va moliya bozorlari infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling