Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 27/08/2025 O‘zbekiston “Red Dragon Fly”ning kelgusi yilgi investitsiya strategiyasiga kiritildi

O‘zbekiston “Red Dragon Fly”ning kelgusi yilgi investitsiya strategiyasiga kiritildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon charm-poyabzal bozoridagi yirik o‘yinchilardan biri – Xitoyning “Red Dragon Fly” brendi kelgusi yildan boshlanadigan investitsiya strategiyasida O‘zbekistonga alohida o‘rin berdi. Bu haqda kompaniya rahbariyati bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Akbar Sultanovning Xitoyga tashrifi doirasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilindi. 

Muloqotda asosiy e’tibor sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,  va O‘zbekiston orqali mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga eksport qilish yo‘nalishga qaratildi. “Red Dragon Fly” rahbariyati O‘zbekistonning xomashyo bazasi, sanoat infratuzilmasi va geografik joylashuvi kompaniya uchun jozibador ekanini ta’kidladi. Shuningdek, dastlabki tahlillar yakuniga yetgani va mamlakatimiz kompaniyaning investitsiya xaritasiga kiritilgani qayd etildi.

 “Red Dragon Fly” Xitoy charm-poyabzal sanoatidagi yirik kompaniyalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga sarmoya kiritish niyatini rasmiy e’lon qilgan brend bo‘ldi. Bu holat nafaqat ikki tomonlama hamkorlik, balki O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi salohiyatiga ishonch ramzi sifatida ham ahamiyat kasb etadi.

“Red Dragon Fly”ning O‘zbekistonga kirishi bir necha strategik afzalliklarni taqdim etadi. Eksport hajmi va geografiyasi kengayadi. Yevropa va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat yuqori bo‘ladi. Xomashyo emas, tayyor mahsulot eksport qilinishi katta iqtisodiy samara keltiradi.  “Made in Uzbekistan” brendi qiymati ortishi. Xalqaro brend bilan hamkorlik mahalliy mahsulotning obro‘si va ishonchini oshiradi. Kompaniya sarmoya kiritsa, mamlakatimiz iqtisodiyotiga bir necha qirrada foyda kelishi mumkin. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari va nou-xaular mahalliy korxonalarga o‘tadi. 

“Red Dragon Fly” brendining O‘zbekistonga kirishi – bu shunchaki sarmoya emas. Bu mamlakatimizning mintaqaviy sanoat markaziga aylanish yo‘lidagi yangi bosqichi, xorijiy sarmoyadorlar uchun esa ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlashdir.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling