Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi Anuvu kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi Anuvu kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi Anuvu kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQShda Anuvu kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda kompaniyaning Bosh ijrochi direktori Josh Marks va Vitse-prezidenti Karl Keppke ishtirok etdilar.

Suhbat davomida Anuvu kompaniyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari va xizmatlari, jumladan, samolyotlarda yo‘ldosh aloqasi, Wi-Fi va ko‘ngilochar media qurilmalarini joriy etish, yo‘ldosh xizmatlari hamda yer usti infratuzilmasi yaratish sohalaridagi tajribasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kompaniya dunyo bo‘ylab 17 ta ofis, 2 ta tarmoq boshqaruv markazi va 22 ta teleportga ega bo‘lib, 50 dan ziyod yo‘ldosh xizmatlarini taqdim etmoqda va o‘nlab aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Muzokaralar yakunida Anuvu kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniyalari samolyotlarida yo‘ldosh aloqasini joriy etish bo‘yicha “UZ-SAT” MChJ bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirishiga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling