Valyuta kurslari 09/06/2025
$1 – 12777.52
UZS – -0,42%
€1 – 14590.65
UZS – -0,11%
₽1 – 161.54
UZS – -1,35%
Qidirish
Texnologiyalar 19/05/2025 O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Yaponiya iqtisodiyot vaziri bilan IT sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Yaponiya iqtisodiyot vaziri bilan IT sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tokiyo shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Koga Yuichiro bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya har ikki tomon yillar davomidagi samarali hamkorlik va doimiy qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik izhor qildilar.

Shu bilan birga Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vazir Sherzod Shermatov Yaponiya Tashqi savdo tashkiloti (JETRO)ning 2025 yil kuzida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ICT WEEK doirasida Yaponiyaning ilk milliy pavilonini tashkil etayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi va ushbu yirik tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazishga O‘zbekiston tomoni to‘liq tayyor ekanini bildirdi.

Bu tashabbus Yaponiya kompaniyalari uchun O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va IT sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkonini yaratadi.

Iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Koga Yuichiro Tokioda IT Parkning vakolatxonasi ochilganining muhim ekanligini alohida ta’kidladi. Bu voqeani ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqich, biznes hamkorlik uchun esa muhim poydevor sifatida baholadi. Shuningdek, u raqamli inson kapitali rivojiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Toshkent shahrida joriy yil 23–26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonning raqamli tadbiri — ICT WEEK 2025 da ishtirok etishga taklif qilindi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni ko‘plab tashabbuslar orqali yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling