Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Microsoft bilan AT-ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi AT ta’lim bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, joriy etilgan dasturlar, xalqaro sertifikatlar hamda malakali mutaxassislarni tayyorlayotgan AT ta’lim markazlari tarmog‘i haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ekotizimning AT mutaxassislarining rivojlanishi va munosib rag‘batlantirilishini qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.

Microsoft jamoasi mazkur tashabbuslarga katta qiziqish bildirdi. Ular bugungi kunda O‘zbekistonda yuqori malakali AT mutaxassislari shakllanganini qayd etib, hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling