Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri NEC bilan kosmik dasturni ishlab chiqishni muhokama qildi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri NEC bilan kosmik dasturni ishlab chiqishni muhokama qildi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri NEC bilan kosmik dasturni ishlab chiqishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Avstraliyaga rasmiy tashrifi doirasida, Sidney shahrida Vazir Sherzod Shermatov Yaponiyaning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — NEC korporatsiyasining kosmik yo‘nalish bo‘limi rahbari Taro Shimizu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

NEC — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektronika va kosmik sanoat sohalarida dunyoda yetakchi o‘rin tutuvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya sun’iy yo‘ldosh tizimlari, yer stansiyalari, kosmik kuzatuv texnologiyalari va aloqa infratuzilmalari sohasida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Uchrashuv davomida kosmik texnologiyalar sohasida hamkorlikning istiqbollari, xususan O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh dasturlarini rivojlantirish, kosmik ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni turli tarmoqlarda qo‘llash, kosmos orqali aloqa va kuzatuv tizimlarini joriy etish, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shunungdek, tomonlar amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish hamda uzoq muddatli sheriklik aloqalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling