Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 26/02/2025 O‘zbekiston rahbari SHHT byudjeti shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlarni tasdiqladi

O‘zbekiston rahbari SHHT byudjeti shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlarni tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2017 yil 1 dekabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) byudjeti shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bitim tasdiqlandi.

Mazkur shartnoma 2024 yil 16 oktyabrda Islomobodda imzolangan.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning talablarining ijrosini taʼminlash uchun nazoratni amalga oshiradilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling