Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 19/02/2025 O‘zbekiston Quvaytga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirishni maqsad qilgan

O‘zbekiston Quvaytga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirishni maqsad qilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Quvayt Davlatiga amaliy tashrif bilan keldi. Unga vazirlik departamenti boshlig'i Jamoliddin Babaxanov ham hamrohlik qilmoqda.

Tashrif davomida qator hamkor tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, vazirlik departament boshlig'i Jamoliddin Babaxanov “City Hypemarket Commercial” kompaniyasi vakillari Rajishwar Goud Beemagonolla va Abhilash Pottankolly bilan muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Quvayt bozoriga eksport qilish imkoniyatlari, logistika masalalari va savdo hajmini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar haqida fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

“City Hypemarket Commercial” — Quvaytda faoliyat yurituvchi yirik savdo kompaniyalaridan biri bo‘lib, u oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va keng iste’mol tovarlarini import, eksport hamda ulgurji-savdosi bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya o‘zining keng savdo tarmog‘i orqali Yaqin Sharq mamlakatlariga turli mahsulotlarni yetkazib beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling