Valyuta kurslari 12/11/2025
$1 – 11990.00
UZS – -0,21%
€1 – 13866.44
UZS – -0,24%
₽1 – 147.55
UZS – -0,51%
Qidirish
O‘zbekiston Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi 9 mingta nosoz lift haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi 9 mingta nosoz lift haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi 9 mingta nosoz lift haqidagi xabarlarni rad etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahrida 9 mingdan ortiq nosoz lift aniqlangani haqida tarqalgan xabarlarni inkor etdi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 5 491 ta ko‘p kvartirali uyda 13 798 ta lift uskuna mavjud bo‘lib, shundan 12 987 tasi odam tashish, 811 tasi esa yuk tashish uchun mo‘ljallangan.

Toshkent shahrida 3 245 ta ko‘p kvartirali uyda jami 9 144 ta lift mavjud. Shulardan 1 835 tasining ekspluatatsiya muddati tugagan, ularni yangilash ishlari Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 17 fevraldagi 98-son qarori asosida 2025-2028 yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 2025 yilda 452 ta liftni yangilash ishlari yakunlanmoqda.

Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-oktabrdagi 801-son qaroriga muvofiq mamlakatdagi barcha liftlar har yili majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2025 yil 1 maydan boshlab mamlakatda “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi ish boshlagan bo‘lib, u ko‘p qavatli uylardagi lift uskunalarining holatini real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradi.

Shuningdek, tizim orqali fuqarolar liftlarning xizmat ko‘rsatilishi va texnik holati haqida dolzarb maʼlumotlarni olishlari mumkin.

Vazirlik taʼkidlaganidek, texnik ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar liftning ishdan chiqqanini anglatmaydi. Bunday tekshiruvlar profilaktik nazoratning bir qismi bo‘lib, xavfsiz va ishonchli foydalanishni taʼminlashga qaratilgan.

«Vazirlik liftlar faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va sohadagi ehtimoliy muammolarning oldini olish maqsadida zarur choralarni ko‘rishni davom ettiradi», — deyiladi vazirlik xabarnomasida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling