Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 29/05/2025 O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlari “Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha vazirlarning ikkinchi davra suhbatini o‘tkazdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlari “Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha vazirlarning ikkinchi davra suhbatini o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 26-27-may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha vazirlarning ikkinchi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda “Qambarota GES-1” loyihasini jadallashtirish maqsadida aniq vazifalar va ularning bajarilish muddatlari belgilab olindi.

Loyiha Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini mustahkamlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan muhim mintaqaviy tashabbusdir. Tadbir Jahon banki ko‘magida, bankning martabali mehmonlari ishtirokida tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlari boshchiligidagi uch mamlakat Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tegishli energetika kompaniyalari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling