O‘zbekiston Qozog‘iston g‘allasini Afg‘onistonga tranzit qilish tarifini 40% ga kamaytirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Qozog‘istondan Afg‘onistonga g‘alla tranziti uchun tarifni 40% ga pasaytirdi. Bu haqda «Qozog‘iston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
29 mart kuni Olmaota shahrida «Qazaqstan temіr joli» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbariyatining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, o‘tgan yildagi qo‘shma faoliyat yakunlari ko‘rib chiqilib, 2025 yil uchun rejalar belgilandi.
Qozog‘iston Sari-Ag‘ash chegara o‘tish nuqtasining o‘tkazish qobiliyatini 50% ga oshirib, «barcha yuk yuboruvchilar rejalarining to‘liq bajarilishini taʼminladi».
Uchrashuv davomida «O‘zbekiston temir yo‘llari» vakillari Qoraqalpog‘istondagi davlatlararo Oazis tutash nuqtasidan Surxondaryo viloyatidagi G‘alaba temir yo‘l stansiyasi orqali tranzit qilinadigan qozoq g‘allasi uchun tarifni 40% ga kamaytirish haqida maʼlum qildi.
Shuningdek, tomonlar Transafg‘oniston koridorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishlarini faollashtirishga kelishib oldilar.