Valyuta kurslari 03/11/2025
$1 – 12005.09
UZS – -0,17%
€1 – 13898.29
UZS – -0,51%
₽1 – 148.56
UZS – -0,54%
Qidirish
O‘zbekiston Qobul yarmarkasida milliy stendini taqdim etadi

O‘zbekiston Qobul yarmarkasida milliy stendini taqdim etadi

O‘zbekiston Qobul yarmarkasida milliy stendini taqdim etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17–23 noyabr kunlari Kobul shahrida “Imom Abu Hanifa nomidagi 4-milliy va xalqaro ko‘rgazma hamda savdo yarmarkasi” bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston “Made in Uzbekistan” milliy stendi bilan faol ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Ko‘rgazma Afg‘oniston hukumati, Savdo va sanoat vazirligi hamda Savdo va investitsiya palatasi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Tadbirda 5 000 dan ortiq mahalliy va xorijiy korxonalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, energetika, qurilish, transport va logistika, gigiyena, sog‘liqni saqlash, turizm, to‘qimachilik hamda boshqa ko‘plab sohalar qamrab olinadi.

Ko‘rgazma doirasida B2B uchrashuvlar va hamkorlik muzokaralari tashkil etilib, tadbirkorlar uchun yangi bozorlarga chiqish va strategik sheriklar topish imkoniyati yaratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling