Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
O'zbekiston qishloq xo'jaligiga Turkiya investitsiyalarini jalb qilmoqda

O'zbekiston qishloq xo'jaligiga Turkiya investitsiyalarini jalb qilmoqda

O'zbekiston qishloq xo'jaligiga Turkiya investitsiyalarini jalb qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Shoxrux Akramov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida mamlakatimizga investitsiya kiritish istagida bo‘lgan bir qator yetakchi turk kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Anqara shahrida joylashgan va qishloq xo‘jaligi agregatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Farmer Ziraat” korxonasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida vazirlik vakillari tomonidan mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Turkiya Urug‘chilik Uyushmasi — TURKTOB Bosh kotibi Muhteşem Torun bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda urug‘chilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda zamonaviy texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Turkiyadagi Qishloq xo‘jaligi texnikalari va mashinasozlik sanoatchilari uyushmasi —TARMAKBİR raisi Hakkı Ekinç Ergüneş bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi texnikalari, aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari hamda dronlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turk kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling