Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Rimda FAO bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Rimda FAO bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Rimda FAO bosh direktori bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov FAO Bosh direktori Suy Dunyuy bilan uchrashdi.

Jahonda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bir paytda, Rim shahrida FAO Bosh direktori Suy Dunyuy bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida innovatsion yechimlarni joriy etish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va raqamli transformatsiya yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Shuningdek, kelgusida O‘zbekistonda LLDC (Landlocked Developing Countries) xalqaro konferensiyasini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv samarali va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish borasida o‘zaro tayyorligini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling