Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri IFAD bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya jalb etishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) vitse-prezidenti Donal Braun bila uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va IFAD o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni jalb etish, qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish va agrar sohada innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarining qat’iy ishonchlarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling