O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaralar tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaralar tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 noyabr kuni 2025 yil 31 martda Xujand shahrida tuzilgan «O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida davlat chegaralarining uchta davlat chegarsi tutashadigan nuqtasi to‘g‘risidagi Shartnoma»ni ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni imzoladi.
Hujjat xalqaro-huquqiy darajada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari birlashadigan nuqtaning koordinatalarini mustahkamlab, ushbu hudud bilan bog‘liq masalalarni bundan buyon huquqiy asosda hal etish uchun aniq baza yaratadi.
Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakunlash borasidagi izchil ishlarda muhim bosqich bo‘ldi. Bu qadam mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirib, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
15 noyabr kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston mazkur Shartnoma bo‘yicha ratifikatsion gramotalar bilan almashdilar. Marosim Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjiddin Muxriddin va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.