Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
O'zbekiston qazib olish sanoati shaffofligi tashabbusiga qo'shilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda

O'zbekiston qazib olish sanoati shaffofligi tashabbusiga qo'shilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda

O'zbekiston qazib olish sanoati shaffofligi tashabbusiga qo'shilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 28 yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, vazirlikning maʼsul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti va uning ekspertlari guruhi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning Qazib olish sanoatining shaffofligi tashabbusiga (EITI) ehtimoliy qo‘shilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar, xususan EITI tashkiloti boshqaruvi raisi Helen Klark boshchiligidagi delegatsiyasining mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Shuningdek, S.Chakrabarti Kon-geologiya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning EITI tashkilotiga ehtimoliy qo‘shilishi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida ko‘rsatilgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrushuv so‘ngida tegishli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda EITI tashkiloti va Prezident maslahatchisi ekspertlari guruhi bilan birgalikda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling