Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pekin shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “China National Petroleum Corporation” (CNPC) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Day Xoulyanni qabul qildi.

Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik loyihalarni mamlakat ichida va tashqi bozorlarda amalga oshirishga ixtisoslashgan dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 200 milliard dollardan ziyod.

Uchrashuvda CNPCning mamlakatimizga kiritgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 5 milliard dollardan oshgani ta’kidlandi.

Xitoy kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik portfelini kengaytirish va yerosti tabiiy gaz saqlash inshootlarini qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy metrologik standartlar hamda innovatsion yechimlarni joriy qilish loyihalarini ilgari surish rejalari ko‘rib chiqildi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling